Oʻzbekiston TIV rahbari Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan ShHT Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etadi
Dunyo
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Sayidov boshchiligidagi delegatsiya 20–21-may kunlari Ostonaga tashrifi doirasida ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig’ilishida ishtirok etadi, deb xabar berdi Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Axror Burxanov.
"Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 20–21-may kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘ladi. Tashrif davomida ShHT TIV rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan", — deb yozdi u o'zining Telegram-kanalida.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning so'zlariga ko'ra, tashqi siyosat bo'limlari rahbarlari birlashmaning hozirgi holati va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini, shuningdek dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladilar. ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining 3–4-iyul kunlari Ostona shahrida bo'lib o'tadigan bo'lajak Majlisiga tayyorgarlik ko'rish diqqat markazida bo'ladi. Muhokama "zamonaviy sharoitda tashkilot faoliyatini yaxshilash maqsadida" yig'ilishga mazmunli tayyorgarlik ko'rishga qaratiladi.

Powered by Froala Editor