O‘zbekiston TIV rahbari Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Siyosat

Kecha, 1-mart kuni, Antaliya diplomatik forumi doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
“Bugun Antaliya diplomatik forumida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan ko‘rishganimizdan mamnunmiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning misli ko‘rilmagan sura’tlarda rivojlanayotganini yana bir bor ta’kidladik hamda barcha darajalardagi keng qamrovli hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini yanada faollashtirishga tayyorligimizni tasdiqladik”, — deb taʼkidladi Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Baxtiyor Saidov, shuningdek, Ozarbayjonni COP29 ga mezbonlik qilishi bilan tabriklab, ushbu nufuzli tadbirni tashkil etishda muvaffaqiyatlar tiladi va shu bilan birga, O‘zbekiston bo‘lajak tadbirga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida o'zaro manfaatli boshqa ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing