O‘zbekiston TIV rahbari Qozog‘iston Elchisini qabul qildi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 25-mart kuni Qozog‘iston Elchisi Beybut Atamkulovni qabul qildi.

O‘zbekiston TIV rahbari Qozog‘iston Elchisini qabul qildi
“Qozog‘iston Elchisi Beybut Atamkulov janoblarini qabul qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish yuzasidan fikr almashdik”, — deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida.

Eslatib oʻtamiz, 20-mart kuni Oʻzbekiston TIV rahbari Seul shahrida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol bilan uchrashuv oʻtkazgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing