O‘zbekiston TIV rahbari ShHT sammitiga tayyorgarlik doirasida Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi

Siyosat

2024-yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ShHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan birgalikda Qozog‘iston Prezidenti tomonidan qabul qilindi.

O‘zbekiston TIV rahbari ShHT sammitiga tayyorgarlik doirasida Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi
"Hamkasblarim bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Janobi Oliylari tomonidan qabul qilindik. Qozog‘istonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Sammitni har tomonlama mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni qayd etdik. O‘zbekistonning turli darajadagi vakillari ShHT tuzilmalarining barcha yig‘ilishlari, shuningdek, anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda”, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari o’zining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, ShHTning bo‘lajak sammiti 3–4-iyul kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing