O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat to‘g‘risida
O'zbekiston
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashib borayotganidan chuqur xavotir bildirdi hamda mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish uchun barcha tomonlarni muzokaralarga chaqirdi.
"Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani O‘zbekistonni chuqur tashvishga solmoqda," - deyiladi respublika Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonovning e’lon qilingan bayonotida qayd etilishicha, "O‘zbekiston mintaqadagi barcha tomonlarni tinchlik yo‘lida harakat qilishga va vaziyatni o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan hal etishga doimo chaqiradi."
Bayonot AQShning Erondagi yadroviy obektlarga bergan zarbalaridan keyin e’lon qilindi. Shu fonda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga Isroil va Eronga sayohat qilishdan tiyilishni, ushbu mamlakatlarda bo‘lganlarga esa iloji boricha xavfsizroq hududlarga ko‘chib o‘tishni tavsiya qildi.
"Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Fuqarolarimizdan hushyorlikni saqlab, rasmiy xabarlarni diqqat bilan kuzatib borishni so‘raymiz," - deya ta’kidladi Ahror Burxonov.

Powered by Froala Editor