O'zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlari o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlamoqda
Dunyo
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Anqara shahrida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuv o'tkazdi.
O'zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov uchrashuv natijalari haqida o'zining telegram-kanalida quyidagicha yozdi: "Qadrli hamkasblarim Hakan Fidan janoblari va Jeyhun Bayramov janoblari bilan birgalikda uch tomonlama forumdan oldin bugun Anqara shahrida samarali uchrashuv o'tkazdik. O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik, hamkorlik va farovonlik rishtalarini chuqurlashtirishga intilishda hamfikrdir. Bizning umumiy salohiyatimiz juda katta va yelkama-yelka hamkorlikda kelajak avlodlar uchun cheksiz imkoniyatlar ochadi".
Uchrashuv davomida tomonlar uch mamlakat o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlash hamda mintaqaviy va global masalalarda o'zaro hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha fikr almashdilar.
O'zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi bu kabi uch tomonlama uchrashuvlar tomonlarning do'stlik va strategik hamkorlikni mustahkamlashga bo'lgan intilishlarining ifodasi bo'lib, mintaqadagi barqarorlik va farovonlikni ta'minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mazkur uchrashuv uch mamlakat o'rtasidagi do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash va o'zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida muhim qadam bo'ldi.

Powered by Froala Editor