O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston
Avaza milliy turizm zonasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining Milliy yetakchisi va Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov hamda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev uchrashdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, transport, energetika va gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Prezident Mirziyoyev turkman tomonini BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar bo‘yicha konferensiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan, Aliyevni esa Vashingtonda Armaniston bilan tinchlik deklaratsiyasi imzolagani bilan tabrikladi.
Muzokaralarda tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish masalasi alohida o‘rin oldi. Mavjud va yangi transport yo‘laklarini uyg‘unlashtirish orqali Xitoyni Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog‘lovchi samarali yo‘l yaratilishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Xitoy–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi hamda Pokiston va Afg‘oniston bilan Transafg‘on yo‘lagi bo‘yicha memorandum imzolanganini ma’lum qildi. Shuningdek, O‘rta yo‘lak, jumladan Zangazur yo‘lagini rivojlantirish, Turkmanboshi va Boku portlarida zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston yuk tashish tariflarini kamaytirishga tayyorligini bildirdi. Kaspiy orqali o‘zining parom parkini yaratishga qiziqish bildirildi. Transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun xalqaro donorlarni jalb etish zarurligi qayd etildi.
Energetika sohasida “yashil energiya”ni Yevropaga eksport qilish tashabbusi va Kaspiyda qo‘shma geologik-qidiruv ishlarini olib borish istiqbollari qo‘llab-quvvatlandi.
Savdo hajmi oxirgi yillarda ikki barobar oshgani, sanoat mahsulotlari ulushi 40 foizga yetgani ta’kidlandi. Tomonlar barqaror savdo-logistika zanjirlarini yaratish, fitosanitariya talablarini uyg‘unlashtirish va elektron savdo maydonchalarini ishga tushirishni o‘z ichiga olgan Harakatlar rejasini tayyorlashni taklif etdilar.
Gumanitar sohada uch tomonlama madaniy va turistik almashinuv dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.
Yakunida Prezident Mirziyoyev “yo‘l xaritasi” tayyorlash va uch davlat vazirlarining muntazam uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

Powered by Froala Editor