O‘zbekiston U22 Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

Sport

Tailandda o‘tkazilayotgan U22 Osiyo chempionatida O‘zbekiston termasi rekord o‘rnatdi — 14 nafar bokschimiz (9 o‘g‘il, 5 qiz) finalga yo‘l oldi. Bu barcha jamoalar orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

O‘zbekiston U22 Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi
Tailand mezbonlik qilayotgan U18 va U22 yosh toifalari bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar yuksak natijalarni ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, U22 toifasida 14 nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi — bu musobaqadagi eng katta natija hisoblanadi.

Bugun esa 10 nafar o‘zbekistonlik U18 bokschilari chorak final janglariga chiqadi va ular yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. Shu bilan birga, ushbu yosh toifadagi 6 nafar qiz bokschimiz allaqachon yarim finalga yo‘l oldi va chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing