O'zbekiston uran ishlab chiqarishni uch baravarga oshiradi
Iqtisodiyot
2030-yilga borib O‘zbekistonda uran qazib olish hajmini uch baravar oshirish rejalashtirilgan. “Umuman olganda, 2030-yilga borib mis ishlab chiqarish 3,5 barobar, oltin 1,5 barobar, kumush 3 barobar, uran 3 barobarga oshadi”, – dedi Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.
O‘zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 21-iyun kuni saylovoldi tashviqoti doirasida Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Nomzod kelgusi yetti yilda sanoat sohasini rivojlantirish rejalari haqida so’zladi, shuningdek, O‘zbekistonda 2030-yilgacha ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha prognozlarni oshkor qildi:
“”Navoiyuran”da $550 mlnlik 11 ta loyihani amalga oshirish hisobiga uran zaxiralari 67 ming tonnadan 100 ming tonnagacha oshiriladi. Umuman olganda, 2030-yilga borib mis ishlab chiqarish 3,5 barobar, oltin – 1,5 barobar, kumush – 3 barobar, uran – 3 barobar ortadi”, — dedi nomzod.
Shavkat Mirziyoyevning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekistonda litiy va grafit ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Litiy Toshkent viloyatida ishlab chiqariladi. Yiliga 8 ming tonna ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Buxoroda 50 ming tonna grafit ishlab chiqariladi.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston dunyodagi eng ko‘p uran qazib olinadigan beshta davlatdan biridir.

Powered by Froala Editor