O‘zbekiston Urugvayga qarshi maydonga tushadi
Sport
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun kuchli raqib — Urugvay terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Uchrashuv 13-oktyabr kuni soat 17:45 da Malayziyaning Melaka shahridagi “Hang Jebat” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bu bahs jamoamiz uchun navbatdagi muhim sinov bo‘lib, futbolchilarimizni xalqaro darajadagi o‘yinlarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Urugvay — ikki karra jahon chempioni va Janubiy Amerika kubogi sohibi — bilan o‘yin yuqori saviyada o‘tishi kutilmoqda.
Futbol ixlosmandlarini muhim sinov kutmoqda — O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘yinini yanada mustahkamlashga intiladi.
Futbol ixlosmandlarini muhim sinov kutmoqda — O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘yinini yanada mustahkamlashga intiladi.
Powered by Froala Editor