O'zbekiston va Afg'oniston iqtisodiy aloqalarni faollashtirmoqda
Siyosat
Kobul shahriga tashrifi chog'ida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi 12-mart kuni Afg'oniston muvaqqat hukumati mansabdor shaxslari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Kobulga tashrifimiz chog‘ida Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik. Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildik. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratdik. Bizni boy va mushtarak tariximiz, umumiy an’analarimiz va kelajagimiz birlashtiradi. Birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab imkoniyatlar mavjud", — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari telegram kanalida.
Eslatib o'tamiz, 10-mart kuni O'zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Doha shahriga tashrif buyurib, Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan muzokaralar olib bordi.

Powered by Froala Editor