O‘zbekiston va AQSH Prezidentlari strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar
Siyosat
23-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv BMT bosh qarorgohida, tashkilot Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Yetakchilar O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlarini batafsil muhokama qildilar.
Mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Joriy yil 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot yakunida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampni ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi o‘tkir mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi shaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.
O‘z navbatida, AQSH yetakchisi Yangi O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi farovonligini oshirish va xalqaro nufuzni yuksaltirishga qaratilgan ortga qaytmas islohotlarni yana bir bor qo‘llab-quvvatladi.
Turli darajalardagi siyosiy muloqot va almashinuvlar jadal rivojlanib borayotgani, ishbilarmonlik aloqalari faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
AQSH Prezidenti kuni kecha O‘zbekiston yetakchisining AQSHning 50 dan ortiq yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan o‘tkazgan uchrashuv va muzokaralarining samarali natijalarini yuksak baholadi.
Fuqaro aviatsiyasi, tog‘-kon sanoati, muhim minerallar, moliya, innovatsiyalar, kimyo, energetika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.
Ushbu loyiha va kelishuvlar ikki mamlakatda o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishi ta’kidlandi.
Muzokaralar yakunida davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampni o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH Prezidenti Donald Trampning uchrashuvi ochiq, konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

Powered by Froala Editor