O'zbekiston va Avstriya o'rtasida energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha muhim kelishuvlarga erishildi
Biznes
O'zbekiston energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiyaning Venaga tashrifi davomida biznes muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi.
Tadbir mamlakatimiz elchixonasi va Avstriya Federal moliya vazirligi tashabbusi bilan o'tkazildi.
Unda Avstriya federal moliya vaziri o'rinbosari Andreas Rayxardt, Avstriyaning O'zbekistondagi elchisi Mattias Radostich, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot agentligi ijrochi direktori Diter Xampel, Yuqori texnologiyalar korporatsiyasi ijrochi direktori Tino Terraneo, Konchilik va metallurgiya uyushmasi maslahatchisi Manfred Kudrna hamda ANDRITZ HYDRO, AFRY, ILF Group, HOT Engineering, DENK GRÜN Recycling, Mosdorfer, ASMAG, kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Ishbilarmonlik muloqoti yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Energetika vazirligi va Avstriya Federal moliya vazirligi o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha o'zaro ishchi guruhni tuzishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi.

Powered by Froala Editor