O‘zbekiston va Belarus strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Siyosat

O‘zbekiston va Belarus ishlab chiqarish kooperatsiyasi, savdo hamda istiqbolli texnologik yo‘nalishlarni rivojlantirishga asoslangan mutlaqo yangi hamkorlik formatiga o‘tmoqda.

O‘zbekiston va Belarus strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Tomonlar, shuningdek, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlik yo‘l xaritasini tasdiqladi.

Qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va texnologik suverenitetni mustahkamlash asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Belarus O‘zbekiston davlat zaxirasi ehtiyojlari uchun muzlatilgan mol go‘shti, shakar, yog‘ va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishga tayyorligini bildirdi.

Tinch atom energetikasi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston AES qurilishi va tegishli ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda Belarus tajribasidan foydalanishga qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.

Imzolangan hujjatlar to‘plami kelgusi besh yilda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun asos yaratadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing