O‘zbekiston va Fransiya parlamentlararo muloqotni mustahkamlamoqda

O'zbekiston

Parijda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael Braun-Pivening uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma forum tashkil etish va qonunchilik sohasidagi islohotlar bo‘yicha tajriba almashishni muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Fransiya parlamentlararo muloqotni mustahkamlamoqda
Tomonlar O‘zbekiston rahbarining mamlakatlarimiz strategik sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan ushbu tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Fransiya parlamenti rahbari O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlarni yuqori baholab, parlamentning roli ortib borayotgani, ayollar, bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari himoya qilinayotgani, ekologiya sohasidagi tashabbuslarni qayd etdi.

O‘zbekiston-Fransiya parlamentlararo forumini ta’sis etish va "yo‘l xaritasi" doirasida do‘stlik guruhlari ishini qayta tiklash taklifi muhim yechimlardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti Yael Braun-Piveni 2025-yil aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida ishtirok etish uchun Toshkentga taklif etdi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Fransiya Milliy majlisining Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing