Qirg‘iziston AQShga qishloq xo'jalik mahsulotlarini export qilmoqchi
Iqtisodiyot
Qirg‘iziston asal, quritilgan mevalar va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini AQShga yetkazib berish uchun savdo tartiblarini yengillashtirishga umid qilmoqda.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Temirbek Erkinov AQShning Qirg‘izistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Lesli Vigeri bilan uchrashdi. Tomonlar Qirg‘iziston eksport hajmini AQSh bozoriga oshirish masalasini muhokama qilishdi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdoni soddalashtirish dasturi muhokama qilindi. Bu dastur byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va o‘zaro savdo uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi AQShda mamlakat fuqarolari uchun muvaffaqiyatli vaqtinchalik mehnat dasturlarini rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Shu bilan birga, qirg‘izistonlik mutaxassislarning Amerikada qonuniy ish bilan ta’minlanishiga yordam beradigan ta’lim va tayyorgarlik dasturlarini yaratish taklif qilindi.
Lesli Vigeri Amerika investorlarining Qirg‘izistonda turizmni rivojlantirishga qiziqish bildirayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat boy tabiiy va madaniy salohiyatga ega bo‘lib, u xorijiy sayyohlarni jalb qilish imkoniyatiga ega.
Tomonlar infratuzilma va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish istiqbollarini ham ko‘rib chiqishdi. Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlardan biri yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan strategik minerallarni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish bo‘ldi.

Powered by Froala Editor