O‘zbekistonda xodimlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning yagona tizimi joriy etiladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portalini ishga tushirish rejalashtirilgan. Portal orqali xodimlar ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari haqida onlayn murojaat qilishi, murojaatlar esa raqamli tarzda ko‘rib chiqilishi va nazorat qilinishi mumkin bo‘ladi.
21-sentabrdagi PQ-345-son Prezident qarori mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhitni shakllantirish, xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, tazyiq, jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik, jinsiy tajovuz, psixologik bosim, ta’qib, kamsitish hamda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan. Qaror 22-sentabrdan kuchga kirgan.
Portal davlat organlari va tashkilotlari uchun Boshqaruv samaradorligi agentligining axborot tizimlarida ishga tushiriladi. Unda murojaatlarni onlayn qabul qilish, ularni tekshirish, dalillarni yig‘ish, xulosalar tayyorlash, ma’lumot almashish va ish jarayonidagi hamkorlik imkoniyatlari bo‘ladi. Tekshiruvlar, ularning natijalari va ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlar tizimda saqlanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan holatlar bo‘yicha murojaatlar belgilangan tartibda “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali vakolatli organga yuborilishi mumkin. Mas’ul xodimlar, ularning bevosita rahbarlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan holatlar haqidagi murojaatlar esa yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yuboriladi.
Nodavlat tashkilotlar uchun “dmi.mehnat.uz” tizimida shunday imkoniyatlarni 1-dekabrgacha ixtiyoriy ravishda qo‘llash mexanizmi yaratiladi. Qarorda davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarini tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha muntazam o‘qitish ham nazarda tutilgan.

Powered by Froala Editor