O‘zbekiston Prezidenti Parij shahri meri bilan uchrashuv o‘tkazdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi doirasida Parij shahri meri Ann Idalgo bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda urbanizatsiya, ekologiya, jamoat transporti va madaniy almashinuv masalalari muhokama qilindi. Ikki mamlakat do‘stligi sharafiga Parijda Samarqand nomi bilan atalgan ko‘cha paydo bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari merni Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklab, O‘zbekiston-Fransiya aloqalari mustahkamlanib borayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ann Idalgo, o‘z navbatida, O‘zbekistonning Olimpiada davomida xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
Uchrashuvda Toshkent va Parij o‘rtasida shaharsozlik, raqamlashtirish, "yashil" hududlarni yaratish va shahar kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ko‘rgazmalar, madaniyat va gastronomik festivallar o‘tkazish loyihalari muhokama qilindi.
Uchrashuvning eng yuqori nuqtasi mamlakatlar o‘rtasidagi tarixiy aloqalarning ramzi bo‘lgan Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomini berishga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘ldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentiga meriya muzey fondiga kiritiladigan Parijga tashrifi to‘g‘risidagi faxriy yorliq topshirildi.

Powered by Froala Editor