O‘zbekiston va Italiya diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod qiladi
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev va Serjo Mattarella muzokaralaridan so‘ng shunday Hukumatlararo bitim imzolandi. Muzokaralar yakunida strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot ham qabul qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Davlat rahbarlari huzurida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish to‘g‘risida Hukumatlararo bitim hamda ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.

Powered by Froala Editor