O‘zbekiston va Italiya strategik sheriklikni mustahkamladi
O'zbekiston
Samarqandda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Italiya Strategik sheriklikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi, qator muhim bitimlarni imzoladi, iqtisodiyot, ta’lim, ekologiya va madaniyat sohalarida yanada yaqinlashishni e’lon qildi. Samarqand shahridagi ko‘chaga Rim shahri nomi berildi.
Davlat rahbarlari huzurida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Ular orasida:
- investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida;
- strategik ahamiyatga ega xomashyo sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
- migratsiya va harakatlanish erkinligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
- barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, madaniy merosni saqlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida;
- Iqlim jamg‘armasi va Italiya qishloq xo‘jaligi konfederatsiyasi bilan hamkorlik, "Sogesid" va "Ansaldo" kompaniyalari bilan "yashil" rivojlanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
- Tushia, Piza va Turin universitetlari bilan sheriklik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi ham o‘tkazildi.
Shuningdek, Italiya milliy tadqiqotlar markazi, "SIMEST" va "Danieli" kompaniyalari, Peruja universiteti va boshqa hamkorlar bilan hujjatlar imzolandi.
Tashrif doirasida Samarqand shahridagi ko‘chalardan biriga Rim shahri nomini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidladi:
Ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining bugungi yuksak darajasini hisobga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston va Italiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat belgisi sifatida qabul qilindi.

Powered by Froala Editor