O‘zbekiston va Jazoir amaliy hamkorlikning yangi bosqichiga intilmoqda
Siyosat
O‘zbekiston va Jazoir amaliy hamkorlikni faollashtirish hamda avval erishilgan kelishuvlar ijrosini jadallashtirish niyatida. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoirning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Jamila Ashurdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar joriy yil iyun oyida O‘zbekiston delegatsiyasining Jazoirga rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, ta’lim, madaniyat va o‘zaro manfaatli boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Baxtiyor Saidov Jamila Ashurga mas’uliyatli diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekiston–Jazoir munosabatlari yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor