O‘zbekiston va Koreya Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini yuqori baholadilar

Siyosat

Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar.

O‘zbekiston va Koreya Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini yuqori baholadilar
Yetakchilar ochiq va do‘stona muhitda, konstruktiv va ishonchli muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlar natijalarini yuqori baholadilar.

“Koreya davlati bizdan ancha olisda joylashgan bo‘lsa-da, xalqlarimizning urf-odat va qadriyatlari, ma’naviy olami va dunyoqarashi bir-biriga o‘xshashdir. Biz yaqin do‘st sifatida olijanob va bag‘rikeng koreys xalqi erishayotgan katta muvaffaqiyatlardan behad quvonamiz va faxrlanamiz”,— dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston rahbari Koreya Prezidenti bilan birga mamlakatimizga katta ishbilarmonlar delegatsiyasi kelganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Bugungi biznes forumida Koreyaning 80 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etayotgani va 9,6 milliard dollarlik yangi loyihalar to‘plami tayyorlangani savdo-iqtisodiy hamkorlikka kuchli turtki berishiga ishonch bildirildi.

Barcha erishilgan kelishuvlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi.

Shuningdek, qo‘shma rejalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish maqsadida davlatimiz rahbari loyihalarni nazorat qilish va ko‘maklashish bo‘yicha ko‘p bosqichli mexanizmni joriy etishni taklif qildi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, World Population Review portali ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston ham, Janubiy Koreya ham jinoyatchilik sodir bo’lish darajasi past davlatlarga kiradi. O’zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasida va 48 ta maktab va liyseylarida koreys tili o’rgatiladi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning Tegu va Pusan chet tillari universtitetida o’zbek tili o’rgatilmoqda. Seul shahri markazida ulug’ o’zbek shoiri va mutaffakkiri Alisher Navoiy haykali o’rnatilgan. O’zbek tili kabi koreys tili ham oltoy tillari oilasiga kiradi. Ularning yozuvlarida ba’zi farqlar bo’lishiga qaramay, grammatikasi, talaffuzi, ma’nosi va tuzilishida ba’zi o’xshashliklar mavjud.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing