O‘zbekiston va Malayziya o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishga kelishib oldi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha Malayziya bilan shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ushbu qadam ikki davlatga jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish va jinoiy tergovni yanada samarali olib borish imkonini beradi.
Shartnomaga ko‘ra, Toshkent va Kuala-Lumpur o‘zaro ma’lumot almashadi, gumonlanuvchilarni qidirish va aniqlashda yordam beradi, shuningdek, bir-birining protsessual so‘rovlarini bajaradi. Hujjatda huquqiy yordam ko‘rsatishni rad etish va olingan ma’lumotlardan foydalanishni cheklash qoidalari ham nazarda tutilgan.
Bunday hamkorlik tomonlarga boshqa davlat hududida yashiringan jinoyatchilarni tezroq aniqlash va qo‘lga olish imkonini beradi hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ikki tomonlama sa’y-harakatlarni kuchaytiradi.

Powered by Froala Editor