O‘zbekiston va Ozarbayjon prokuraturalari strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston va Ozarbayjon huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning rasmiy tashrifi davomida tomonlar yangi hamkorlik dasturini imzolab, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
Tashrif doirasida Nig‘matilla Yo‘ldoshev Ozarbayjon Bosh prokurori Kamran Aliyev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Yakunda ikki davlat prokuraturalari o‘rtasidagi Hamkorlik dasturi imzolandi. Hujjat tajriba almashish, xodimlarni o‘zaro tayyorlash va qo‘shma tergovlarni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Tomonlar, shuningdek, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda elektron dalillardan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.
Tashrif davomida Nig‘matilla Yo‘ldoshev Ozarbayjon prokuraturasining «Ozarbayjon prokuraturasining 100 yilligi» yubiley medali bilan taqdirlandi. Mukofot ikki davlat prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.

Powered by Froala Editor