O‘zbekiston va Ozarbayjon xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston va Ozarbayjon huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida. Hamkorlikni rivojlantirish masalalari 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpo‘latov hamda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Eynaddin o‘g‘li Mammadov o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro ishonch va strategik sheriklik izchil rivojlanayotganini qayd etdi.
Muloqot davomida ichki ishlar organlari o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik hamda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda tajriba almashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash ham hamkorlikning alohida yo‘nalishi sifatida belgilandi. Tomonlar huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida istiqboldagi vazifalar belgilandi va ikki mamlakatning tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Powered by Froala Editor