O‘zbekiston va Ozarbayjon yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
2-oktabr kuni FIFA Kengashi qarori bilan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Avvalroq ikki mamlakat futbol uyushmalari turnirni birgalikda o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirgan edi. Bu yoshlar mundiali tarixda ilk bor qo‘shma mezbonlik formatida tashkil etiladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkent va Bokuni tabriklab, musobaqa «Yevropa va Osiyoni birlashtirib, yangi iste’dodlarni dunyoga tanitishini» ta’kidladi. U 25-turni intiqlik bilan kutayotganini bildirdi.

Powered by Froala Editor