O‘zbekiston va Ozarboyjon qo‘shma to‘qimachilik klasterini tashkil etadi

Iqtisodiyot

Boku shahriga tashrifi davomida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Ozarboyjon Iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Ozarboyjon qo‘shma to‘qimachilik klasterini tashkil etadi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekiston-Ozarboyjon investitsiya kompaniyasi faoliyatining amaliy masalalari muhokama qilingan. Jamg‘arma hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari sonini ko‘paytirish va rahbariyatni muddatidan oldin tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Ikki davlat hududida suv tozalash inshootlari, turizm obektlarini qurish, metall buyumlar va maishiy texnika, tibbiy asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, to‘qimachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning hayotga tatbiq qilinishi batafsil ko‘rib chiqilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing