O‘zbekiston va Qatar davlat rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar
O'zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Tamim bin Hamad Ol Soniy telefon orqali ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va muhim xalqaro tadbirlarga tayyorgarlikni muhokama qildilar.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 iyul kuni Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari Qatarning Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirishga qo‘shayotgan hissasini qayd etib, O‘zbekiston-Qatar muloqotlari faol rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. O‘zaro savdo, investitsiyalar hajmi oshib borayotgani, sanoat va infratuzilma bo‘yicha yirik loyihalar ilgari surilayotgani ta’kidlandi.
Bo‘lajak tadbirlar - Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishi, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari va biznes-forum muhimligi ta’kidlandi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor