O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalari kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi

Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya yetakchisi Prezidenti Vladimir Putin tor doiradagi uchrashuvdan so‘ng muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi. Bu haqda Oʻzbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalari kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi
“Shavkat Mirziyoyev samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirishda misli ko‘rilmagan natijalarga erishilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik izchil kengayib borayotgani va salmoqli darajada yuksalayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi aniq yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat natijalari, ularning sifat jihatidan o‘zgargani yuqori baholangan.

Sanoat kooperatsiyasini, eng avvalo, mashinasozlik, metallurgiya, energetika, qayta ishlash, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda kengaytirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi qo‘shma guruh tuzilgan.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator boshqa kelishuvlarga erishilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing