Oʼzbekiston va Rossiya savdo hajmini $30 milliardga yetkazishni rejalashtirmoqda
Siyosat
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, muzokaralarda Oʼzbekiston bilan Rossiya oʼrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari batafsil muhokama qilindi.
“Sizning davlat tashrifingizni haqli ravishda tarixiy deb atash mumkin. Bu tashrif mamlakatlarimiz oʼrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yangi bosqichni boshlab bermoqda”, — dedi davlatimiz rahbari.
Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar, hududlar, jamoatchilik, ekspertlar va ishbilarmon doiralar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Oʼzaro savdo aylanmasining barqaror surʼati mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Soʼnggi 7 yilda u 2,5 barobar oshdi. Tomonlar yangi maqsadli koʼrsatkichga — yaqin istiqbolda savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazishga kelishib oldilar.
Ushbu vazifani amalga oshirishga koʼmaklashish uchun Rossiyada Oʼzbekistonning toʼlaqonli savdo vakolatxonasi tashkil etiladi.
Bugungi sammitga energetika, metallurgiya, neftь-kimyo, mashinasozlik, togʼ-kon sanoati, qishloq xoʼjaligi, logistika, farmatsevtika, sunʼiy intellekt va boshqa koʼplab yoʼnalishlarda 20 milliard dollardan ortiq qiymatda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalari tayyorlandi.
Bu kabi loyihalarni ilgari surish uchun qoʼshma Investitsiya platformasi ishga tushiriladi.
Hududlar oʼrtasidagi hamkorlik ham jadal rivojlanib borayotgani alohida taʼkidlandi. Oʼtgan hafta Oʼzbekistonning barcha hududlari rahbarlari tashrif bilan Rossiyada boʼldilar. Bugun davlat rahbarlari raisligida Oʼzbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi boʼlib oʼtadi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari har bir yoʼnalish boʼyicha amalga oshirish mexanizmlari nazarda tutilgan “yoʼl xaritalari”ni qabul qilishga topshiriq berdilar.

Powered by Froala Editor