O‘zbekiston va Tatariston biznes-forumi o’tkazilmoqda
Biznes
O‘zbekiston va Tatariston ishbilarmonlari biznes-forumi o’tkazilmoqda. Bu haqda “O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur biznes-forumning ilk kunida Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari, Sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya va rossiyalik 30 dan ortiq ishbilarmonlar “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati, rezidentlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishgan.
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b Timur Muxamedjanov ishtirokchilarni ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun muhim tadbir bilan tabriklagan. Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov shaharning iqtisodiy va geografik salohiyati haqida taqdimot qilgan.

Powered by Froala Editor