O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari qo‘shma loyihalarni jadallashtirishni muhokama qildilar

Siyosat

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon telefon orqali muloqot qilib, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari va muhim mintaqaviy tashabbuslarni muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari qo‘shma loyihalarni jadallashtirishni muhokama qildilar
Yetakchilar yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birini tabriklab, ikki mamlakat xalqlariga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar. O‘zbekiston Prezidenti tojikistonlik hamkasbini Qirg‘iziston bilan chegarani delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim imzolangani bilan ham tabrikladi.

Qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari suhbatning diqqat markazida bo‘ldi. Prezidentlar faol siyosiy muloqotni davom ettirish va strategik tashabbuslarni ilgari surish muhimligini ta’kidladilar.

Tomonlar, shuningdek, mart oyi oxirida Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan uch tomonlama uchrashuv va aprel-may oylarida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing