O‘zbekiston va Turkiya arxeologlari hamkorlikni kuchaytirmoqda

O'zbekiston

O‘zbekiston va Turkiya arxeologiya sohasida ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda. Ikki davlatning yetakchi institutlari qo‘shma tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston va Turkiya arxeologlari hamkorlikni kuchaytirmoqda
Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti hamda Turkiya Arxeologiya va madaniy meros instituti o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi.

Hujjatga muvofiq, tomonlar ilmiy va arxeologik tadqiqotlarni birgalikda olib borish, tajriba almashish hamda kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Shuningdek, tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va zamonaviy arxeologik usullarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur memorandum O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash hamda arxeologiya sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing