Shavkat Mirziyoyev Ali Xomanaiy vafoti munosabati bilan Eronga hamdardlik bildirdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Masud Pezeshkianga Eron oliy rahnamosi Ali Khameneining vafoti munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda 2 mart kuni Eronning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Ali Xomanaiy vafoti munosabati bilan Eronga hamdardlik bildirdi
Maktubda aytilishicha, ajoyib davlat arbobi bo‘lgan Xomanaiyning vafoti haqidagi xabar O‘zbekiston xalqini chuqur qayg‘uga soldi. U Eron davlatchiligini mustahkamlash, jamiyat barqarorligini ta’minlash va milliy qadriyatlarni asrashga katta hissa qo‘shgan.

Shuningdek, u O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shgani ta’kidlangan.

Ali Xomanaiy 28 fevral kuni AQSh va Isroil zarbalari natijasida halok bo‘lgan. U 1989 yildan buyon Eron oliy rahnamosi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mintaqadagi vaziyat yuzasidan bir qator Yaqin Sharq davlatlari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing