O‘zbekiston va Turkiya mintaqaviy rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlashmoqda

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2026-yil 12-martdagi №PP–95 sonli qaror bilan Turkiya Respublikasi bilan mintaqaviy rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlashga oid xalqaro shartnomani tasdiqladi.

O‘zbekiston va Turkiya mintaqaviy rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlashmoqda
Ushbu hujjat dastlab 2024-yil 6-iyun kuni Anqarada imzolangan va endi O‘zbekiston hududida rasmiy kuchga kiradi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu shartnomani amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi. Shartnoma kuchga kirganidan so‘ng, Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklar uning ijrosini nazorat qiladi.

Shartnoma ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali har ikki mamlakatning mintaqaviy rivojlanishini samarali qilishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing