O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasida erkin savdo rejimi joriy etildi
Iqtisodiyot
Rejimning joriy etilishi natijasida, ayrim turdagi mahsulotlardan tashqari ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari bekor qilinib, o'zaro tovarlar savdosidagi mavjud cheklovlar bartaraf etildi va savdo tartibotlari soddalashtirildi.
O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasida 2025-yil 25-fevraldan erkin savdo rejimi joriy etildi. Ushbu yangilik O'zbekiston Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma'lumotiga ko'ra, 2024-yil 16-iyul kuni imzolangan "O'zbekiston va Turkmaniston Hukumatlari o'rtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo'nalishlari to'g'risida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar to'g'risida"gi bayonnoma kuchga kirishi uchun zarur tartibotlarning ikki taraflama bajarilishi yakunlandi.
2024-yilda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo aylanmasi 1,14 milliard AQSh dollarni tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 5,5 foizga oshgan.
Rejimning joriy etilishi natijasida, ayrim turdagi mahsulotlardan tashqari ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari bekor qilinib, o'zaro tovarlar savdosidagi mavjud cheklovlar bartaraf etildi va savdo tartibotlari soddalashtirildi.
Masalan, Turkmanistonga olib kirilayotgan mahalliy sement mahsulotlari (bojxona to'lovi 100%), to'qimachilik matolari (50%), mebel (50%), shisha idishlar (50%), suv isitish qozonlari (15%), plastik va polipropilen mahsulotlar (10%), kolbasa va go'sht mahsulotlari (1 kg uchun 2 dollar), paxta yog'i (1 kg uchun 1 dollar) bojxona to'lovlari bekor qilindi.
Bojsiz savdo rejimining qo'llanishi kelgusida ikki mamlakat o'rtasida investitsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va sanoat kooperatsiyalarini rivojlantirish orqali o'zaro savdo aylanmasi hajmini oshirishga zamin yaratadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mas'ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda Turkmaniston bozoriga mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasida erkin savdo rejimidan samarali foydalanishni ta'minlash bo'yicha muntazam tizimli ishlar olib boriladi.

Powered by Froala Editor