O‘zbekiston va Xitoy strategik hujjatlar paketini imzoladi

O'zbekiston

Pekinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR Raisi Si Szinpin muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlar almashinuvi marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Xitoy strategik hujjatlar paketini imzoladi
Shu jumladan:

– “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi;

– Madaniyat markazlarini o‘zaro ta’sis etish to‘g‘risida bitim;

– Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:

– O‘zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha;

– texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;

– muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

– O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to‘g‘risida;

– kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida;

– raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

– inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;

– raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;

– Samarqand viloyati va Tyanszin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida;

– O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing