O‘zbekiston va YI o‘rtasida diplomatik munosabatlarning 30 yilligi nishonlandi
Siyosat
18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik jarayonlarini samarali qo‘llab-quvvatlamoqda”, ― dedi u.
Darhaqiqat, O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalar yildan-yilga jadal tus olib, turli sohalarda rivojlanib bormoqda.
«Yaqin orada biz hamkorlik uchun yana bir maydon yaratishni rejalashtirmoqdamiz. Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi rasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir do‘stona aloqalarimizning yangi sahifasini ochishi shubhasiz», — deya qoʻshimcha qildi Saida Mirziyoyeva.

Powered by Froala Editor