Oʻzbekiston va YUNESKO hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi
O'zbekiston
Samarqandda Oʻzbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerova YUNESKOning saylangan bosh direktori Xaled El-Enani bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida tomonlar hamkorlikni kuchaytirish va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Samarqandda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerova hamda YUNESKOning saylangan bosh direktori Xaled El-Enani ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Suhbatda ta’lim, fan, madaniyat, axborot va nomoddiy merosni asrash sohalarida hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini qayd etdilar.
Uchrashuv Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam boʻldi.

Powered by Froala Editor