O‘zbekiston xalqaro agrotexnologiyalarni joriy etadi
O'zbekiston
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan islohotlar davom etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni agrosanoat sohasidagi xalqaro hamkorlikning yangi rejalari bilan tanishdi.
Yaqinda bir guruh mutaxassislar Xitoy, Italiya va Yaponiyaning ilg‘or tajribasini o‘rgandi. Natijada O‘zbekistonda Xitoy modeli asosida urug‘chilik va ko‘chatchilik tizimini tashkil etish taklif etildi. Loyihaga 200 million dollar sarmoya jalb qilish rejalashtirilgan. Paxta, g‘alla, sholi, makkajo‘xori va mevali ekinlarning yangi navlari yaratilib, to‘liq siklli innovatsion hudud tashkil etiladi.
Kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor beriladi. Joriy yilda 200 nafar talaba Italiyaning agrar universitetlariga o‘qishga boradi, yapon ta’lim dasturlari esa dual ta’limni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, mutaxassislar tayyorlash uchun yapon tilini o‘rganish markazlarini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.
Davlatimiz rahbari Vengriya, Niderlandiya, Kanada, Avstraliya va Janubiy Koreya bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududlarda innovatsion loyihalarni joriy etish bo‘yicha dastur ishlab chiqadi.

Powered by Froala Editor