Oʻzbekiston xalqining sha’ni, qadr-qimmati va tarixini tahqirlovchi chet el fuqarolariga chora koʻriladi!

O'zbekiston

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston xalqining sha’ni, qadr-qimmati va tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar "Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxati"ga kiritiladi.

Oʻzbekiston xalqining sha’ni, qadr-qimmati va tarixini tahqirlovchi chet el fuqarolariga chora koʻriladi!
Prezident tomonidan imzolangan 998-sonli Qonun bilan "Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Nomaqbul deb topilgan shaxslarning roʻyxati shakllantiriladi.

Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Roʻyxatga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Senati Kengashi yoki maxsus vakolatli davlat organlari taqdimiga koʻra amalga oshiriladi.

Roʻyxatga kiritilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston hududiga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Roʻyxatga kiritilgan shaxs xabarnoma olgan kundan boshlab oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasidan ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi lozim.

Agar roʻyxatga kiritilgan va nomaqbul deb topilgan shaxs belgilangan muddatda mamlakatni tark etmasa, u deportatsiya qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing