O‘zbekiston “Yagona Xitoy” tamoyilini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Siyosat

O'zbekiston TIV Tayvanda bo’lib o’tgan saylovlar bilan bog`liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma'lum qildi.

O‘zbekiston “Yagona Xitoy” tamoyilini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
“Yagona Xitoy” tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanini yana bir bor ma’lum qilamiz”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, O‘zbekiston ikki sohil o'rtasidagi munosabatlarning tinch yo'l bilan rivojlanishining qat`iy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yo'lidagi barcha sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlaydi.

Ma'lumot uchun, joriy yil 13-yanvar kuni Tayvanda prezidentlik saylovlari bo'lib o'tdi. Unda Tayvanning amaldagi vise-prezidenti, hukmron Demokratik progressiv partiya yetakchisi Lay Sinde g'alaba qozondi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing