O‘zbekiston YaIM 2024-yilning birinchi choragida 6,2%ga o‘sdi
Iqtisodiyot
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 6,2%ga o‘sdi. Bu haqda Statistika agentligining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sanoat tarmog‘ining o‘sishi 6,5%ni tashkil etdi va YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 1,8 f.p.ni tashkil etdi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sishi 3,6%ni tashkil etdi va YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,4 f.p.ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining o‘sishi 6,8 ni tashkil etdi. Qurilish tarmog‘ining YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,4 f.p.ni tashkil etdi.
Xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘sish sur’ati 6,8%ni tashkil etdi. Shundan savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 10,2%ga, tashish va saqlash, axborot va aloqa 10,4%ga hamda boshqa xizmat sohalari 5,1%ga o‘sdi. Xizmatlar ko‘rsatish sohasining YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 3,4 f.p.ni tashkil qildi.
Mahsulotlarga sof soliqlar hajmi 3,6%ga o‘sdi va uning YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,2 f.p.ni tashkil etdi.

Powered by Froala Editor