O'zbekiston yanvar oyida 15 mingdan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqardi
O'zbekiston
O'zbekiston avtomobil sanoati yildan-yilga rivojlanib, mahalliy ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda. 2025-yilning yanvar oyi natijalariga ko'ra, mamlakatdagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 15 611 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, yanvar oyida ishlab chiqarilgan avtomobillarning modellar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
Cobalt – 5 660 dona;
Damas – 2 765 dona;
Kia – 1 978 dona;
Onix – 1 462 dona;
Tracker – 1 334 dona;
BYD – 802 dona;
Chery – 594 dona;
Haval – 373 dona;
Maxsus yengil avtomobillar – 643 dona.
Mamlakatda avtomobil ishlab chiqarish faqat mahalliy bozorda emas, balki eksport salohiyati nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Cobalt va Damas modellari avvalgidek eng ommabopligicha qolyapti. Biroq, import brendlari, jumladan, Kia, BYD, Chery va Haval modellari ham mahalliy bozorga faol kirib kelmoqda.
O‘tgan yilda eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar Xitoy, Koreya va AQSh bo‘ldi. Bu esa xalqaro hamkorlikning avtomobil sanoatidagi o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.

Powered by Froala Editor