O‘zbekiston yeryong‘oq eksportini 47,6 foizga oshirdi
O'zbekiston
Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 2,9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 2 956 tonna yeryong‘oq eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davri bilan solishtirilganda 954 tonnaga yoki 47,6 foizga ortganini anglatadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston yeryong‘og‘ini eng ko‘p sotib olgan davlatlar quyidagilar bo‘ldi:
Qozog‘iston – 984,8 tonna
Pokiston – 496,9 tonna
Ozarbayjon – 371,8 tonna
Xitoy – 268,1 tonna
Rossiya – 244,5 tonna
Boshqa davlatlar – 589,9 tonna
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston yeryong‘og‘ini eng ko‘p sotib olgan davlatlar quyidagilar bo‘ldi:
Qozog‘iston – 984,8 tonna
Pokiston – 496,9 tonna
Ozarbayjon – 371,8 tonna
Xitoy – 268,1 tonna
Rossiya – 244,5 tonna
Boshqa davlatlar – 589,9 tonna
Powered by Froala Editor