O‘zbekiston yetakchisi uchun yuksak akademik mukofot

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktor va professor unvonlariga sazovor bo‘ldi. Tegishli sertifikat davlat rahbariga Pokiston Bosh vaziri Shahbaz Sharif tomonidan Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida topshirildi.

O‘zbekiston yetakchisi uchun yuksak akademik mukofot
Mazkur faxriy unvonlar O‘zbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohasidagi islohotlarga qo‘shgan ulkan hissasi, mamlakatni barqaror modernizatsiya qilish, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik va akademik aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun berildi.

Marosim davomida Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri, universitet rahbariyati va ilmiy jamoasiga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi. U ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni, magistr va doktorantlar tayyorlashni hamda sanoat va iqtisodiyot ehtiyojlariga yo‘naltirilgan amaliy tadqiqotlarni rivojlantiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing