O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi
Texnologiya
O‘zbekistonda yangi dunyo rekordi o‘rnatildi: 1 946 nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1 946ta kichik robotni yig‘di. Bu natija rasmiy ravishda «Ginnes rekordlar kitobi»ga kiritildi.
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida noyob tadbir bo‘lib o‘tdi: 1 946 nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1 946ta mini-robotni yig‘ib, dunyo rekordini o‘rnatdi. Ushbu yutuq «Ginnes rekordlar kitobi» sahifalariga yozildi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari, talabalar, prezident maktablari o‘quvchilari va imkoniyati cheklangan yosh mutaxassislar ishtirok etdi.
Prezident administratsiyasi huzuridagi ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Xilola Umarova bu natijani O‘zbekiston yoshlarining iste’dodi va cheksiz imkoniyatlari ramzi sifatida baholadi.
Tashkilotchilar ta’kidlashicha, rekord birgalikdagi harakatlar orqali o‘zbek yoshlari eng yirik va dadil tashabbuslarni ham amalga oshirishga qodir ekanini ko‘rsatdi.

Powered by Froala Editor