O‘zbekistonda 2024-yil aprel oyida qancha shaftoli sharbati ishlab chiqarilganini bilasizmi?

O'zbekiston

2024-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 401,3 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

O‘zbekistonda 2024-yil aprel oyida qancha shaftoli sharbati ishlab chiqarilganini bilasizmi?
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida jami yirik korxonalar tomonidan 3 610,1 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 49,8% ga oshgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 298,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgani haqida avval xabar berilgan edi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (26,3%), Pokiston (24,2%), Qozog‘iston (13%) va Xitoy (9,3%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing