O‘zbekistonda 2024-yil aprel oyida qancha yogurt ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

O'zbekiston

2024-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 330,7 tonna yogurt ishlab chiqarildi, deb xabar bermoqda O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining matbuot xizmati.

O‘zbekistonda 2024-yil aprel oyida qancha yogurt ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
2024-yilning yanvar-aprel oyida esa yirik korxonalar tomonidan 1 806 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 28,9%ga oshgan.

O‘zbekistonda turli xil sut mahsulotlari, jumladan, sigir suti (yangi, pasterizatsiyalangan, o‘ta pasterizatsiyalangan), kefir (tabiiy, meva ta’mli), ryajenka (klassik, mevali), yogurt (tabiiy, meva ta’mli), tvorog (oddiy, yog'siz, meva ta'mli), pishloq (turli xil), qaymoq (turli xil), sariyog’, o'simlik moyi ishlab chiqariladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing