Oʻzbekistonda 70 ming rossiyalikni aldovchi call-markaz fosh etildi

O'zbekiston

Oʻzbekistonda SGB va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 70 ming rossiyalik pensionerni aldovchi call-markaz yopildi. Jinoyat guruhiga 34 kishi kirgan, ularni 40 yoshli Fargʻona fuqarosi boshqargan.

Oʻzbekistonda 70 ming rossiyalikni aldovchi call-markaz fosh etildi
Firibgarlar rossiyalik dorilar va biologik qoʻshimchalar sotuvchi kompaniya mijozlarining shaxsiy maʼlumotlarini noqonuniy ravishda qoʻlga kiritgan. Ular politsiya va bank xodimlari sifatida oʻzlarini tanishtirib, jabrlanuvchilarga sifatsiz dorilar uchun 580 ming rublgacha kompensatsiya toʻlanishi aytgan. Biroq, mablagʻni olish uchun pensionerlar 5 dan 20 ming rublgacha “soliq” toʻlashlari kerak edi.

Shu sxema orqali firibgarlar deyarli 9,6 mln rublni talon-toroj qilgan. Bundan tashqari, guruhning uch aʼzosi noqonuniy ravishda taxminan 470 ming dollar miqdorida kriptovalyuta aylanmasini amalga oshirgan.

Jinoyatchilarga 3 yil 6 oydan 9 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing